1C maslahatlari bepul!

Biz 24/7 ishlaymiz. Mutaxassislar istalgan vaqtda sizning savollaringizga javob berishga va kerakli maslahat va qo‘llab-quvvatlashni mutlaqo bepul berishga tayyor.

Sizning arizangiz qabul qilindi!

Mutaxassislarimiz qisqa vaqt ichida siz bilan bog'lanadi, barcha savollaringizga javob beradi va maslahat beradi.

Yopish

1S uchun yangi 3.1.17.1 nashri: PROF ish haqi va xodimlarni boshqarish

1S uchun yangi 3.1.17.1 nashri: PROF ish haqi va xodimlarni boshqarish 10 fevral 2026

3.1.17.1 relizidagi yangiliklar

Kadrlar

01.01.2026 yildan boshlab kuchga kirgan, davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash va to‘lash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar (17.12.2025 yildagi 796-sonli VMQ asosida) munosabati bilan “Yo‘qlik (kasallik, progul, kelmaslik)” hujjatiga yangi sabab qo‘shildi — “Homiladorlik va tug‘ish ta’tili”, bu nafaqa summasini hisoblashni talab qilmaydi. Shu bilan birga, homiladorlik va tug‘ish ta’tilini “Kasallik varaqasi” hujjati orqali rasmiylashtirish imkoniyati saqlab qolingan — davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan qoplanadigan nafaqa summasini hisobga oluvchi foydalanuvchilar uchun. Qoplanadigan barcha summa “Byudjetdan qoplanadigan summa” satrida ko‘rsatilishi lozim.

Joriy relizda ish vaqtini hisobga olish tabelining T-13 chop etiladigan shakli yangilandi.

Ish haqi

Joriy relizda xodim ishdan bo‘shatilganda qarz qoldig‘ini avtomatik yopish funksiyasi amalga oshirildi.  

Yangi relizda xodim kartasidagi “Hisoblashlar va ushlanmalar” bo‘limida “Mukofot, sovg‘a” hujjatini ko‘rsatish imkoniyati qo‘shildi.

To‘lovlar

Joriy relizdan boshlab PINFL bo‘yicha shaxsiy hisob raqamlarini yuklash imkoniyati joriy etildi. Bu tashkilotda bir xil F.I.Sh.ga ega xodimlar ishlaganda yuzaga keladigan xatolarni oldini olishga yordam beradi.    

Soliqlar va badallar

   Yangi relizda 2026 yil yanvar oyidan boshlab Davlat soliq xizmati tomonidan kiritilgan o‘zgarishlar inobatga olinib, JShDS va ijtimoiy soliq bo‘yicha reglamentlangan hisobot yangilandi.       

   Yangi tasdiqlangan shaklga muvofiq “4-Mehnat (choraklik)” statistik hisobotiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Aniqlangan xatolar tuzatildi

“Mukofot, sovg‘alar” hujjati mavjud bo‘lganda INPS summasini hisoblashdagi xatolik tuzatildi.

Xodim ishdan bo‘shatilganda ijro varaqalari bo‘yicha belgilangan summada ushlanmalarni noto‘g‘ri hisoblash xatosi tuzatildi.

“Ishdan bo‘shatish” hujjatini o‘tkazishda yuzaga keladigan xatolik tuzatildi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Ссылка скопирована!

1C bo'yicha maslahatlar bepul!

Biz 24/7 ishlaymiz.Bizning mutaxassislarimiz istalgan vaqtda sizning savollaringizga javob berishga va kerakli maslahat va yordamni mutlaqo bepul berishga tayyor.

Ismingiz
Telefon raqami

Tugmani bosish orqali siz Maxfiylik siyosati rozilik bildirasiz va shaxsiy ma'lumotlarning etakchi jamoa tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.

Keling, birgalikda ishlashni boshlaylik!

Biz 24/7 ishlaymiz. Mutaxassislar sizning biznesingiz uchun yechim topadilar. Ular sizning barcha savollaringizga bepul javob berishadi, maslahat va yordam berishadi!

Tugmani bosish orqali siz Maxfiylik siyosati rozilik bildirasiz va shaxsiy ma'lumotlarning yetakchi jamoa tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildirasiz.

Ismingiz
Telefon raqami