1C: Ish haqi va xodimlarni boshqarish PROF uchun 3.1.14.1 yangi reliz
21 noyabr 2025
3.1.14.1 relizidagi yangiliklar
Kadrlar
Joriy relizda kadrlar hujjatlarining o‘zbek tilidagi bosma shakllari qo‘shildi.
O‘quv ta’tili bilan kesishganda mehnat ta’tilini uzaytirish mexanizmi joriy etildi. Endilikda davrlar mos kelganda tizim o‘quv ta’tili kunlari soniga teng ravishda mehnat ta’tilini avtomatik uzaytiradi.
Xodimlarning masofaviy ishlashini hisobga olish imkoniyati qo‘shildi. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun kadrlar hisobida masofaviy ish shakli bo‘yicha sozlamalarni o‘rnatish zarur. Kadrlar hujjatlariga xodimni masofadan ishlovchi sifatida belgilash uchun maxsus belgi qo‘shildi. Shuningdek, «Masofaviy ishlayotgan xodimlar» hisobotining dolzarbligi yangilandi.



Ish haqi
Joriy relizda «Daromadlar, soliqlar va to‘lov manbaida ushlab qolingan JShDSni kiritish» nomli yangi hujjat ishlab chiqildi. Ushbu hujjat yordamida xodimlar bo‘yicha ma’lumotlar 1C:Buxgalteriyadan 1C:ZUP tizimiga almashuv mexanizmi orqali yuklanadi, bu esa ma’lumotlarni ko‘chirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.

Joriy relizdan boshlab xodim kartasida ijtimoiy soliq bo‘yicha individual imtiyozni belgilash mumkin. Imtiyozni qo‘llash uchun xodim kartasini oching, «Sug‘urtalash» havolasiga o‘ting va ro‘yxatdan kerakli imtiyozni tanlang.


«Ishdan bo‘shatish» hujjatida chiqish nafaqasi miqdorini hisoblash avtomatlashtirildi. Hisoblash xodimning ish stajiga asoslanadi, bunda foydalanuvchi tomonidan nafaqa foizini qo‘lda o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud.
To‘lovlar
Yangilanish bilan «Boshqa daromadlar ведомости»ga «To‘lov tizimi turi» maydoni qo‘shildi. Ushbu maydon boshqa daromadlarni shakllantirish va to‘lashda foydalaniladigan to‘lov tizimini ko‘rsatish imkonini beradi.

«Ish haqi to‘lovini kechiktirish uchun kompensatsiya» hujjati (To‘lovlar bo‘limi) yangilandi.

Sozlamalar
Joriy relizdan boshlab tizimda rus tilidagi lavozimlar klassifikatori paydo bo‘ldi — kerakli lavozimni tayyor ro‘yxatdan tanlash uchun tanlash tugmasini bosish kifoya.



O‘rtacha ish haqi asosida hisoblanadigan начисления va удержанияlar uchun ish haqi hisoblashning yangi ko‘rsatkichi qo‘shildi.


O‘zbekiston Respublikasi uchun 2026 va 2027-yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqarish kalendarlari barcha doimiy bayram kunlarini hisobga olgan holda yangilandi, Ruza Hayit va Qurbon Hayit bundan mustasno. Ushbu bayramlar uchun ularning rasmiy tasdiqlangan sanalaridan so‘ng ishlab chiqarish kalendarlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Aniqlangan xatolar tuzatildi
Xodimni ishdan bo‘shatishda shaxsiy chegirma mavjud bo‘lgan holatda JShDS hisoblashdagi xatolik tuzatildi.
Kasallik varaqasi bo‘yicha summalar hisoblangandan keyingi oylarda JShDS hisoblashdagi xatolik tuzatildi.
«Boshqa operatsiyalar bo‘yicha ushlab qolish», «Uchinchi shaxslar foydasiga doimiy ushlab qolishlar» va «ShJBPHga ixtiyoriy badallarni ushlab qolish» hujjatlarida rejalashtirilgan ushlab qolishlar noto‘g‘ri hisoblanishi bilan bog‘liq xatolik tuzatildi. To‘g‘ri ishlashi uchun «Ish joyi»ni tanlash zarur.
Boshqa kompaniya yangiliklari
1S uchun yangi 3.1.17.1 nashri: PROF ish haqi va xodimlarni boshqarish
10 fevral 20261S uchun yangi 3.1.29.1 nashri: Korporatsiya xodimlarining ish haqi va boshqaruvi
10 fevral 2026Yangilangan narxlar
20 yanvar 20261C: Ish haqi va xodimlarni boshqarish PROF uchun 3.1.16.1 yangi reliz
15 yanvar 2026Biz 24/7 ishlaymiz.Bizning mutaxassislarimiz istalgan vaqtda sizning savollaringizga javob berishga va kerakli maslahat va yordamni mutlaqo bepul berishga tayyor.